Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ustozlar forumi”da ilm va fidoyilik e’tirof etildi
10:13 / 2026-01-20

Navoiy davlat universitetida “Ustozlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, jamoaning fidokorona mehnati e’tirof etilib, o‘tgan yilda olib borilgan ishlar sarhisob etildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi. Tadbir davomida ustozlarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. 

Forumda universitet rektori Muhiddin Kalonov so‘zga chiqib, oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarning samarali va fidokorona mehnatiga alohida to‘xtaldi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tub islohotlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda jamoaning barcha a’zolari birdek mas’uliyat va tashabbus bilan ishtirok etishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, universitetda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-ilmiy, xalqaro hamda innovatsion yo‘nalishlarda erishilayotgan yutuqlar zamirida maqsadlari mushtarak, ahil va jips jamoaning mehnati yotibdi. Shu ma’noda har yili o‘tkazib kelinayotgan forum ta’lim sifatini yanada oshirish va tizimdagi islohotlarni to‘laqonli amalga oshirishga qaratilgan muhim murojaat vazifasini ham bajarmoqda.

Tadbir doirasida 2025 yil davomida o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ishchi-xodimlar munosib taqdirlandi. Xususan, forum nizomiga muvofiq ta’sis etilgan “Eng fidoyi ustoz”, “Yilning eng yaxshi tyutori”, “Eng tashabbuskor o‘qituvchi”, “Eng ijodkor kafedra mudiri” kabi o‘ndan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha 70 nafarga yaqin munosib nomzodlar saralab olindi. Shuningdek, sport musobaqalari va intellektual bellashuvlarda faol ishtirok etgan jamoalar ham e’tirofdan chetda qolmadi.

G‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik statuetkalari, diplomlar hamda pul mukofotlari topshirilib, ularning mehnatiga yuqori baho berildi. Bu esa universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, tashabbuskorlik va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri