Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz va shogirdlar ko‘rgazmasi
11:49 / 2023-05-05

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida dastgohli rangtasvir o‘qituvchisi, O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi Muhabbat Musaxonova rahbarligida bitiruvchilarning “Sarhisob – ustoz va shogird” ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Muhabbat Musaxonova va uning o‘quvchilari Aziza Samig‘ova, E’zoza Turg‘unova, Baxtliya Olimjonova, Jasmin Muhammadjonova, Mehriddin Shokirov, Behzod Egamberdiyev va boshqalarning peyzaj, portret, natyurmort, maishiy janrdagi jami 50 dan ziyod suratlari namoyish etildi.    

N.Usmonova,O‘zA