Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz va murabbiylar sharaflandi
15:12 / 2025-09-16

Andijonda Ustoz va murabbiylar kuni oldidan tantanali bayram tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan soha fidoyilari, faxriylari, mutasaddi idoralar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Andijon tumanidagi “Yakkasaroy” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi nufuzini ko‘tarish, ularning samarali ishlashi uchun imkoniyatlar yaratib berish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

Tantanali tadbirda hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lib turgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov onlayn tarzda ishtirok etib, tadbir ishtirokchilari va ular orqali viloyatning barcha ustoz hamda murabbiylarini bayram bilan muborakbod etdi. 

– Ustozlik va murabbiylik eng sharafli, mas’uliyatli kasblardan biri, – dedi viloyat hokimi. – Sizlarning zahmatli mehnatingiz evaziga mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlaydigan ma’naviyatli, bilimli va vatanparvar avlod voyaga yetmoqda. Sizlarning ana shu yo‘ldagi mehnatingiz har qancha tahsinu ehtiromga munosibdir.

Darhaqiqat, inson kamoloti, uning bilimli bo‘lib voyaga yetishi, qalbida odamiylik, mehr-oqibat singari yuksak insoniy tuyg‘ularning shakllanishi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatda, hayotda o‘z o‘rnini topib, munosib yashashida ta’lim sohasi fidoyilari – ustoz va murabbiylarning o‘rni, roli nihoyatda katta. Ular har qancha ardog‘, sharaf va e’tiborga munosibdir.

Tadbirda soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi, samarali mehnati, faol va tashabbuskorligi bilan hamkasblariga namuna bo‘layotgan bir guruh ustoz hamda murabbiylar viloyat hokimining faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

– E’tibor va rag‘batdan, ayniqsa, ustozlar qalbi tog‘day ko‘tariladi, – deydi viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanganlardan biri, Bo‘ston tumanidagi 8- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi Nodiraxon Mamadaliyeva. – Kamtarona mehnatlarim e’tirof etilganidan nafaqat men, balki butun jamoamiz xursand. Ushbu e’tibor bizga kuch-shijoat beradi,  yanada faol ishlashga undaydi. 

[gallery-25326]  

 Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy dastur xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiq hamda raqslar barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdi. Ustoz va murabbiylarning kasb bayrami oldidan bu kabi tantanalar viloyatning barcha tuman, shaharlarida davom etmoqda.

F. Ubaydullayev,

 Z.Umrzoqov (surat), O‘zA