Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz va murabbiylar sharaflandi
21:52 / 2023-10-03

FOTOREPORTAJ

Yosh avlodni bilimli, ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom voyaga yetkazishda o‘qituvchi va murabbiylarning hissasi beqiyos. Aynan ustoz o‘zi ta’lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo‘yadi, uni ma’rifat cho‘qqisiga boshlab boradi.  

O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab barchamizga ezgulikdan saboq bergan aziz ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak arziydi.  

[gallery-13852]

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Sharaf sizga, olqish sizga, aziz ustozlar!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.  

Tadbir davomida ustozlarni madh etuvchi she’r, kuy va qo‘shiqlar yangradi. Ayniqsa, drama va notiqlik to‘garagi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.  

 

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA