Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz va murabbiylar e’zozda
12:43 / 2025-10-01

Buxoroda o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha fidoyilarini sharaflash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport sohalarida uzoq yillar yosh avlod ta’lim-tarbiyasida beminnat xizmat qilgan faxriy ustozlar, ilg‘or yosh pedagog va murabbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ta’lim sohasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida rivojlantiriladigan dolzarb jabhalardan biri sifatida belgilangan. Jumladan, so‘nggi yillarda viloyatdagi ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Shu yilning o‘zida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun 94 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlariga umumiy qiymati 226 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

[gallery-25557]

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi asosida 20 dan ortiq muassasalarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. “Tashabbusli byudjet” loyihalarining aksariyat qismi aynan ta’lim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.

Ayni kunda viloyatdagi 2 900 dan ziyod ta’lim dargohida mas’uliyatli kasb faoliyatini olib borayotgan 50 mingdan ortiq pedagog-xodimga munosib shart-sharoitni yaratish, barkamol avlod vakillarining talab darajasida bilim olishlarini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

Tadbirda samarali mehnati orqali Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qo‘shayotgan jonbozligi, ilm-fan, sport, san’at, ma’rifat va madaniyatni rivojlantirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, faolligi va yuksak insoniy fazilatlari bilan namuna bo‘layotgan bir guruh pedagog va murabbiylarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. 

Tadbir viloyat san’at ustalari, yosh ijrochilarning konsert dasturiga ulandi. O‘qituvchi va murabbiylarni sharaflash tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.