Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz-shogird anʼanasi rivojlanadi
18:35 / 2020-06-23

Tadbir avvalida shu mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar tomonidan yaratilgan kiyim-kechaklar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida tashkil etilgan seminar Prezidentimizning joriy yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosiga qaratildi.

Seminarda viloyat, tuman hokimliklari, mutasaddi idoralar vakillari, tumandagi 15 ta mahalla raislari va ularning tegishli masala boʻyicha xodimlari hamda Yangiqishloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi tikuvchilik, bichuvchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida shu mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar tomonidan yaratilgan kiyim-kechaklar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Sardoba tumanida seminar-3.jpg

Seminarda viloyati hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Oʻ.Mamadaminov mahalla ayollari bilan suhbatlashib, ular tomonidan koʻtarilgan masalalarni tingladi.

Oʻz navbatida Oʻ.Mamadaminov tadbirda ishtirok etgan ayollarga faoliyatlarini kengaytirish, ustoz-shogird anʼanalarini rivojlantirish boʻyicha oʻz maslahat va tavsiyalarini berdi. Ularga Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari, lavozim majburiyatlarini tushuntirdi.

Sardoba tumanida seminar-1.jpg

Tadbirda, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim toʻliq joriy etilishi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va profilaktika inspektorlarining mustaqilligini taʼminlash, jumladan, faoliyatiga asossiz aralashmaslik va taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklamaslik belgilanganligi xususida ham toʻxtalib oʻtildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob oldi.

Sardoba tumanida seminar-4.jpg