Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz rejissyor xotirasiga bag‘ishlandi
16:11 / 2021-10-02

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida atoqli rejissyor Shuhrat Abbosov xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli kino arboblar, ustoz rejissyorning shogirdlari, yaqinlari va qadrdonlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov va boshqalar mamlakatimizda milliy kino san’ati sohasiga hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasini ardoqlashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, Shuhrat Abbosov O‘zbekiston kino san’atiga  ulkan hissa qo‘shgan arbob edi. U yaratgan "Mahallada duv-duv gap", "Toshkent - non shahri", "SEN yetim emassan" kabi filmlar o‘zbek xalqining qalbini, milliy mentalitetini dunyoga munosib tarzda namoyish etgani bilan qadrlidir.

- Shuhrat Abbosov bilan 1958 yili u kishiga shogird tushib tanishganman, - dedi rejissyor Elyor Eshmuhamedov.- G‘oyat bilimli, ziyoli, kitoblarga mehr qo‘ygan inson edilar. Bugun ham dunyo ustozning filmlarni sevib tomosha qiladi.

Xotira tadbiri doirasida poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" qabristonida Shuhrat Abbosov xotira byustining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

 

 N.Usmonova,

O‘zA