Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar (+video)
19:21 / 2024-10-09

Ustoz

Loyihamizning bu galgi mehmoni O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov ustoz haqidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi:

– Usta sifatida shakllanishimdagi ustozim otamizdir. Ular bizga ham hunarni, ham odobni, ham ustozni hurmat qilishni, ham mehnatsevarlikni o‘rgatdi. 70 yoshga kirayotib bularni hamon unutganim yo‘q. Ustozni rozi qilib kam bo‘lmadik. Yurtimizdagi nufuzli, mahobatli binolar barpo etilishida o‘ymakorlik ishlarimiz bilan yo‘qolib borayotgan hunar sirlarini tiklagan holda ishtirok etdik. Ustozlarimizning gapiga, o‘gitlariga kirib, hozirda mingdan ortiq shogirdlar chiqarishga erishdik.

Poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasini barpo etishda 8 metrlik ustunlarni tayyorlash hamda kirish qismidagi ayvonlarning naqshlarini yaratishda menga bosh ustalik nasib qildi. Bu mas’uliyatli ishda o‘tgan ustozlarimizning haqiga duo qilib, hayot bo‘lganlarining duosini olib ishlaganimiz natijasida ushbu majmuani barpo etishda ko‘maklashdik.

Xalqimiz aytganidek, ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alaydi. Ustoz ko‘rganlar esa tarbiyali, xushmuomala bo‘ladi. Ustozdan duo olib qilingan ishlar barakalidir, – deydi usta Muhammadali Yunusov.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4cY_yT3E_Ts" title="Ustoz koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA