Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi
17:27 / 2023-09-30

Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi tomonidan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiriga sohada uzoq yillar samarali ishlagan ustoz faxriylar taklif qilindi.

Boshqarma boshlig‘i Ma’rufjon Rahmonov bugungi kunda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalarining iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat va mahalliy dasturlarni moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, shular orqali aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda bank sohasida samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan ustozlarning bu boradagi hissalari alohida tilga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov o‘z tabrigida Prezidentimizning sohaga doir farmon va qarorlari bilan boshqarma hamda tijorat banklariga yuklatilgan vazifalarga to‘xtaldi.

Xususan, bugungi kunda mehnat faxriylari, o‘z hayotiy va ish tajribalaridan kelib chiqib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotida faol ishtirok etishi lozimligi, yoshlar bilan tez-tez muloqotda bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ustozlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri.