Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustoz adiblarga esdalik nishoni topshirildi
18:37 / 2022-07-14

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida uyushmaning bir guruh a’zolari I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular adiblar Mahkam Mahmudov, Xurshid Davron, Abdulla Sher, Shodmon Otabek, Shahodat Isoxonova hamda marhum yozuvchi Sharof Boshbekov kabi ijodkorlardir.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev yurtimizdagi yangilanishlar, ijodiy jarayondagi rivojlanishlar, nuroniy ijodkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu ishlar xususida batafsil so‘z yuritdilar.

Ko‘krak nishoni sohiblari esa mamlakatimiz va o‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shishgani qayd etildi.

Faxriy adiblarimiz ham bunday e’zoz, e’tirof va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda keksa avlod vakillarining ibratli hayoti, faoliyati va zabt etgan cho‘qqilari e’tirof etildi va bu yutuqlar yosh avlodga namuna sifatida ko‘rsatildi.

O‘zA