Navoiy viloyati Konimex tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bir necha oydan buyon ololmayotgan yo‘l transport, tushlik ovqatlanish xarajatlari va ustama haqlarini undirishda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 963-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi belgilangan.
Adliya bo‘limi aralashuvi bilan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida faoliyat yuritayotgan xodimlarga jami 306 million 238 ming 234 so‘mlik pul mablag‘lari undirib berildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA