Usmonova Xilola Isropilovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“ZnO nanomateriallarini soponenlar va flavonoidlarni sirt faol modda sifatida qo‘llab, sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalari” mavzusida
Usmonova Xilola Isropilovnaning kimyo fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 02.00.04-Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “ZnO nanomateriallarini soponenlar va flavonoidlarni sirt faol modda sifatida qo‘llab, sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalari” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 3-dekabr kuni, soat 10:00 dagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy, Biokimyo instituti, kimyo binosi, 220 xona.
Tel: (+99866) 239-11-40; faks: (+99866) 239-11-51.
e-mail: devonxona@samdu.uz