Usmonov Baxtiyor Zoxirovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Umumiy birinchi tartibli operator ta’sir ettirilgan aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida
Usmonov Baxtiyor Zoxirovichning 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy birinchi tartibli operator ta’sir ettirilgan aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 28 sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti.
Tel.: (+998 66) 231 06 31
e-mail: patent@samdu.uz