Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev kim bo‘lgan? (+video)
14:57 / 2025-05-31

Sharq ozodlik va mustaqillik kurashlari tarixida XIX asr oxiri —XX asrning dastlabki o‘n yilliklari muhim davr sanaladi. Xususan, Buxoro amirligining so‘nggi kunlari va BXSR faoliyat ko‘rsatgan 1920-1924 yillarda jadidchilik harakati vakillari ilm-fan, maorif rivoji va istiqlol uchun kurashda oldingi saflarda bo‘ldilar. Ular o‘z jonlarini garovga qo‘yib, mustamlakachilik tuzumiga, zulm va zo‘ravonlikka qarshi chiqdilar.

Shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi doirasida Buxoro shahrida “Jadidlar muzeyi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish sa’y – harakatiga kirishilgani ayni muddaodir.

E’tiborlisi, bu muzey ko‘hna shaharning Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev yashagan Govkushon guzari Xo‘ja Gulrez ko‘chasi 13- uyda tashkil etiladi. Shu o‘rinda nega aynan shu manzilda muzey faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga avvalo Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayevning hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritish orqali oydinlik kiritish mumkin.

Gap shundaki, jadidlar orasida Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayevning alohida o‘rni bor. U 1878 yilda Buxoroda badavlat savdogar xonadonida dunyoga kelgan. Moddiy imkoniyati yetarli ekani va oilasidagi sog‘lom ma’naviy muhit tufayli yoshligida yaxshi ta’lim olgan, otasining savdo-sotiq ishlariga yordam berish asnosida Turkistonning o‘nlab shaharlarida bo‘lgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/llTlGALfxP4?si=6LJu1EWWHvwiEXTH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA