Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Usmon Azim: “Ezgu maqsadlar Surxondaryoni dunyoga tanitadi” (+video)
20:40 / 2026-02-28

Manzillar obodligi insonda Vatanga muhabbat bilan birga, farovon turmushni asrab-avaylash yo‘lida mas’uliyatni oshiradi.

Bu esa yurtga daxldorlik tuyg‘usi va sadoqatni mustahkamlaydi. Bugun Surxondaryoda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar. So‘nggi to‘qqiz yilda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi ta’mirlandi. 

Qo‘shimcha 102 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi. Bu davrda qurilgan 688 ta ko‘p qavatli uyga 32 ming oila ko‘chib o‘tdi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etildi. 

Davlatimiz rahbari kuni kecha – 27-fevral kuni Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda erishilgan natijalar va navbatdagi rejalar o‘z aksini topdi. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim yig‘ilishda olgan taassurotlarini bo‘lishdi: 

– Prezidentimiz yaqin kelajakda Surxondaryoda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan rejalar haqida batafsil gapirar ekan, bularning barchasi haqiqatga aylanayotganini o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rib guvoh bo‘ldik. Bugun viloyatda navbatdagi maqsadlar uchun mablag‘ ham bor, yo‘l-yo‘riqlar ham aniq. 

Davomi quyidagi videoda: 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0sdfOQTqxWk" title="Usmon Azim: “Ezgu maqsadlar Surxondaryoni dunyoga tanitadi” " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, Nishonboy ABDUVOITOV (video), O‘zA