Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Usmon Abdug‘aniyev “Batumi Open-2025” g‘olibiga aylandi
18:13 / 2025-08-03

Gruziyada taekvondo WT bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilgan “Batumi Open-2025” xalqaro turnirida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondochilari 3 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqdi.

Jumladan, nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida Usmon Abdug‘aniyev (-27 kg.) gruziyalik Yoane (loane) Jorbenadzeni, Torgva Sumbadzeni, turkiyalik Ali Barat Atalanni  yengib final bosqichiga yo‘l oldi. So‘nggi hal qiluvchi final jangida mezbonlarning yana bir vakili Luka Lashkini dastlabki raundda 12:2, ikkinchi raundda esa 9:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda  “Batumi Open-2025” chempioniga aylandi.

Shuningdek, o‘z vaznlarida E’zozaxon Rahmonova(-42 kg.) hamda Muhammad Dilshodov (-29kg.) oltin, Muhammad Ali Ismoilov (33 kg.) esa kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

– “Batumi Open-2025” xalqaro turnirida shogirdlarimning qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, ruhlandim. Nasib etsa, ular kelgusida qit’a va jahon chempionatlarida, Osiyo hamda Olimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tariladi. Mazkur musobaqa sportchilarimiz uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi. Bizning bu kabi turnirlarda ishtirokimizni ta’minlagan va qulay sharoitlar yaratib bergan IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi mutasaddilariga minnatdorlik bildiramiz, – dedi kompleksning taekvondo WT bo‘yicha murabbiyi Obidjon Abdurahmonov.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA