Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ushu Olimpiada dasturiga kiritiladimi?
11:06 / 2024-02-02

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax ushu sport turining xalqaro miqyosda tan olinishi va kelajakda Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olishi borasida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

“Ushu jang san’ati 2026 yil Dakarda o‘tadigan yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari sovrinli sport turlari qatoridan joy olgan, asosiy anjuman dasturiga yangi sport turi kiritilishi jarayoni ayni bosqichdan boshlanadi”, dedi Bax.

MOQ rahbari ushuning debyuti va xalqaro miqyosdagi e’tirofi darajasi, musobaqadagi umumiy ko‘rsatkich tahlili asosiy Olimpiada oilasida qolishiga zamin yaratishini ta’kidlagan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA