Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ushbu memorandum xalqlarimiz manfaati yo‘lida xizmat qiladi
08:20 / 2022-06-03

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjatga imzo chekildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda Tojikiston Respublikasining Yengil sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ipakchilik tarmog‘ida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov memorandum yuzasidan quyidagilarni bildirdi:

 

–Endilikda ushbu hujjatning imzolanishi orqali hamkorlik aloqalari, jumladan, ipakchilik tarmog‘ida erishilgan yutuqlar, iqtisodiy islohotlar, xorijiy investitsiyalar, yangi fabrikalar qurish, ozuqa bazasi, xususan, tutzorlarni kengaytirish va ulardan qanday qilib samarali va unumli foydalanish kabi salmoqli jarayonlarda o‘zaro hamkorlik va hamfirlilik munosabatlari yanada kengayadi.  Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yanada rivojlanishi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishiga aminman.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA