Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
USAID loyihasi: 30 million so‘mgacha bo‘lgan takliflar moliyalashtiriladi
10:41 / 2022-02-01

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Amaliy tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida tadqiqotchilar va tadqiqot guruhlaridan arizalar qabul qilishini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizdagi agrobiznesda duch kelinayotgan muammolarga yechim topish maqsadida USAID amaliy tadqiqotlar o‘tkazishda O‘zbekiston ilmiy tadqiqot hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

Amaliy tadqiqotlar qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar manbai hisoblanadi. Bu yangi texnologiyalarni kashf etish, fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirish va oziq-ovqat sifatini yaxshilashga yordam beradi. O‘zbekistonda fermerlar va tadbirkorlar ilmiy tadqiqot hamjamiyatidan ko‘mak olish va innovatsion yechimlardan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va mahalliy agrobiznes o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali USAID mahalliy fermerlar va agrobiznes korxonalarining muvaffaqiyatli texnologiyalardan foydalanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa raqobatbardoshlikni yanada oshiradi.

USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi malakali ilmiy izlanuvchilardan tadqiqot o‘tkazish va ilmiy maqolalar yozishlari uchun arizalar qabul qiladi. Bu maqolalarni ilmiy jurnallarda chop etish maqsad qilingan.

Takliflar O‘zbekiston ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari bilan bog‘liq mavzular va agrobiznes uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli amaliyotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Loyiha 30 million so‘mgacha bo‘lgan takliflarni moliyalashtiradi.

Tanlovga arizalar 2022 yilning 1 apreliga qadar qabul qilinadi.

Loyiha tanlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun butun qiymat zanjiri bo‘ylab qo‘shimcha qiymat yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida xususiy sektor rivjolanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Mazkur tadbirlar O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat qo‘shilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sohaga xotin-qizlar va yoshlarni jalb etish, ta’lim muassasalari va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash va qishloq xo‘jaligida maqbul siyosat yuritishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va mintaqaviy savdoni oshirish, salomatlik uchun jiddiy xavf-xatarlar, jumladan COVID-19ni bartaraf etish, hukumatning aholi ehtiyojlariga oqilona yondashish salohiyatini oshirish yo‘lida hamkorlik qiladi.

O‘zA