Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“US Open“ning barcha g‘oliblari aniqlandi
09:51 / 2023-09-12

AQSHda tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open“ turnirida yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslari bo‘yicha g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida serbiyalik Novak Jokovich erkaklar o‘rtasida g‘olib bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida esa mezbonlar vakili Kori Gauff bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa har ikki tennischi mazkur g‘alabalari orqali 2000 reyting ochkosi va 3 million AQSH dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.  

Juftlik bahslarida Buyuk Britaniya vakili Jo Solsberi va amerikalik Rajiv Ram tandemi g‘alaba qozongan bo‘lsa, Gabriela Dabrovski (Kanada) hamda Erin Rutliff (Yangi Zelandiya) juftligi barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibi deya e’tirof etildi.  

Aralash juftlikda bosh sovrin finlyandiyalik Xarri Xeliyovaara va qozog‘istonlik Anna Danilinaga nasib qildi. 

Shu tariqa bu yilgi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi so‘nggi musobaqa yakunlandi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri