English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urushlar tufayli minglab odam qirilmoqda
13:10 / 2025-02-03

Sudandagi bozorlardan biriga qilingan hujum natijasida 54 kishi halok bo‘lgani, kamida 158 inson yaralangani aytilmoqda. Ushbu terakt Omdurman shahrida armiyaga qarshi kurashayotgan harbiylashgan guruh tomonidan uyushtirilgan, deb yozdi CNN.

Marhumlarning ko‘pchiligi ayollar va bolalar. Ayni payt tibbiy guruh, ayniqsa jarroh va hamshiralarga kuchli ehtiyoj sezilmoqda.

Sudandagi mojaro 2023 yil aprelda poytaxt Xartum va boshqa shaharlarda yuz bergan ochiq to‘qnashuvlar bilan boshlangan.

O‘tgan hafta jangari guruhning Darfur g‘arbidagi shifoxonaga uyushtirgan hujumida 70 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan edi.

Ziddiyat tufayli shu paytgacha vafot etganlar soni 28 000 dan ortdi, millionlab odam uyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Ba’zi oilalar ocharchilik tufayli omon qolish uchun o‘t yeyishga majbur bo‘lmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va huquq guruhlari ma’lumotiga ko‘ra, turli qo‘pol vahshiyliklar etnik sababga ko‘ra o‘ldirish va zo‘rlashga asoslangan.

Xalqaro jinoiy sud hududda urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyat bo‘yicha tergov olib borilayotganini bildirdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA