Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urushdan keyin nashriyotda 40 yil mehnat qilgan qahramon
11:21 / 2021-05-06

Asqar bobo Jo‘rayev zaxira fronti uchun mo‘ljallangan harbiy qismlardan biriga 1944 yil oxirida boradi.

Moskvadagi navbatdagi harbiy qismga o‘tgach, Polshani ozod qilishda muhim ahamiyat kasb etgan Visla-Oder operatsiyasi uchun kechgan janglarda qatnashadi. G‘alabani Berlinda kutib oladi.

Asqar bobo 1950 yilga qadar maxsus qo‘shin tarkibida Germaniyada xizmatni davom ettirgan. Janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun Ikkinchi darajali «Vatan urushi» ordeni bilan taqdirlangan. Urushdan keyin «Sharq» matbaa-nashriyotida uzoq yillar davomida mehnat qilgan.

97 yoshni qarshilab 100 ga yaqin turgan qahramon hozirgi kunda Shayxontohur tumani «Katta hovuz» mahallasida keksalik gashtini surmoqda.

O‘zA