Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Urush uzoqqa cho‘ziladi»: Makron Ukraina inqirozi bo‘yicha bayonot berdi
14:18 / 2022-02-26

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning bayonot berishicha, Rossiyaning Ukraina bilan urushi hali uzoq davom etadi.

 Shu sababli, Yevropa uzoq muddatli oqibatlarga tayyor turishi kerak. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Xususan, Fransiyada elektr va yoqilg‘i resurslari narxi oshadi, agrar, metallurgiya, logistika va  oziq-ovqat sektori zarar ko‘radi. 
«Ushbu tanglik uzoqqa cho‘ziladi. Bu urush hali uzoq davom etadi va u bilan bog‘liq barcha inqirozlar ham xuddi shunday uzoq davom etadi. Shu bois biz tayyorlanishimiz kerak», - degan u.
Makronning ta’kidlashicha, urushning salbiy  oqibatlari Fransiya tovarlari eksportiga ham ta’sir qiladi. Shu bois mamlakatning yirik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi korxonalari zarar ko‘radi. Bundan tashqari, Parijning qo‘llayotgan sanksiyasi va Rossiyaning javob choralari tufayli Fransiyada metallurgiya va logistika sohalarida ham muammo kelib chiqadi, elektrenergiyasi narxlari oshadi.