Urush tufayli Hormuz bo‘g‘ozida 150 kema qolib ketdi
“MarineTraffic” kemalarni kuzatish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, juda ko‘p xom neft va suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi tankerlar, jami 150 kema Hormuz bo‘g‘ozi tashqarisidagi Fors ko‘rfazi ochiq suvida langar tashlagan.
Yana o‘nlab kema ko‘rfazning narigi tomonida to‘xtab turibdi. Kemalar Ko‘rfazning eng yirik neft qazib oluvchi mamlakatlari, jumladan Iroq va Saudiya Arabistoni, shuningdek suyultirilgan tabiiy gaz giganti Qatar qirg‘og‘i yaqinidagi ochiq suv hududida to‘planmoqda.
Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazini O‘mon ko‘rfazi hamda Arab dengizi bilan bog‘laydigan neft va gaz uchun asosiy yuk tashish yo‘lidir. Dunyo neftining taxminan 20 foizi va yer yuzidagi suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining 30 foizgacha qismi shu yo‘lak orqali o‘tadi.
S.Rahimov, O‘zA