Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urush qatnashchisi xonadonida
22:35 / 2024-03-21

Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov jamoatchilik vakillari bilan birga Samarqand tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahat Ochilovni Navro‘z bilan tabrikladi.

Otaxon bilan dildan suhbatda xizmatlari e’tirof etilib, unga uzoq umr va mustahkam sog‘liq tilandi.  

Ahad ota mehmonlarga minnatdorlik bildirib, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, bugungi kunlarga shukrona aytish kerakligini ta’kidladi. Ezgu niyatlar tilab duo qildi.

Otaxon Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri