Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urush faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
18:23 / 2024-05-08

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi viloyat sektorlari, mudofaa va xavfsizlik tizimlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari va yoshlar 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyatda istiqomat qiluvchi urush faxriylari xonadonida bo‘ldi.

Yangi Namangan tumanining Mingchinor mahallasida yashovchi Galina Bolochenkovaning yoshlik chog‘i ayni jang yillariga to‘g‘ri keldi. 

Mehmonlar tashrifi onaxonni xushnud etdi.

Suhbat chog‘ida onaxon urush davridagi ocharchilig-u, suronli kunlar va o‘tmishning mashaqqatlarini eslab, bugungi tinch-omon, farovon kunlarga shukronalik keltirdi. 

Viloyat rahbari Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, Galina Bolochenkovaga 20 million so‘m pul mukofoti va sovg‘a-salomlarni topshirdi. Faxriylarning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanini alohida ta’kidladi.

[gallery-17333]

Shuningdek, Namangan shahar Ma’rifat mahallasida yashovchi Nikolay Borisov holidan xabar olindi.

Nikolay Borisov 1924-yilda tug‘ilgan. Otaxon Ikkinchi jahon urushida munosib ishtirok etib, g‘alaba bilan yurtimizga qaytgach, boshqaruv sohasida uzoq yillar xizmat qildi. 

Viloyat hokimi otaxonning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lidagi buyuk jasoratini e’tirof etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Otaxonga 20 million so‘m pul mukofoti va sovg‘a-salomlarni topshirdi.

Ta’kidlash kerak, hozirda viloyatda 4 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front orti mehnat faxriylari istiqomat qilayotgan bo‘lib, bayram arafasida ular holidan xabar olinmoqda. Urushning og‘ir sinovli yillarida hamda undan keyingi davrda bugungi avlodning farovon yashashi uchun ko‘rsatgan jasorat va matonatlari uchun alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. 

Yo‘qlov davom etmoqda. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA