Shimoli-g‘arbiy Xitoydagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi – Urumchi shahrida bo‘lib o‘tayotgan “SHHTga a’zo davlatlar OAV hamkorligi forumi-2025” doirasida bugun maxsus media-muloqot tashkil qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ikki asosiy mavzuni muhokama qildilar: “SHHTga a’zo davlatlar yetakchi ommaviy axborot vositalarining yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish yo‘lidagi hamkorligini yanada chuqurlashtirish” va “Farovon kelajak sari birgalikda odimlash uchun innovatsion taraqqiyotni kuchaytirish”.
Tadbir qatnashchilari – Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkor davlatlarning axborot sohasiga mas’ul vazirlik, idoralari, yetakchi axborot agentliklari, yirik OAV va media tuzilmalari rahbarlari kun tartibidagi dolzarb mavzularda atroflicha fikr almashdi.
Kunning ikkinchi yarmida, shuningdek, Forum dasturiga muvofiq “SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy almashinuv bo‘yicha Yoshlar oromgohi-2025” tadbirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Anjuman ishtirokchilari – Xitoyda ta’lim olayotgan SHHT mamlakatlari yosh o‘g‘il-qizlari orasida, tabiiyki, O‘zbekiston talabalari ham bor.
Forum davom etmoqda.
O‘zA