Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urugvay hujjatlarni qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qildi
15:43 / 2022-10-04

Urugvay prokuraturasi Interpol kanali bo‘yicha mazkur Janubiy Amerika mamlakatining fuqaroligini olish uchun qalbaki hujjat tayyorlashda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosiga xalqaro qidiruv e’lon qildi.

Bu haqda dushanba kuni El País gazetasi ushbu ish ustida tergov olib borayotgan prokuror Gabrielu Fossatiga tayanib yozmoqda. 
 
Uning ta’kidlashicha, prokuratura qidiruv e’lon qilinganlar ro‘yxatini kengaytirishi mumkin. Biroq, nashr Rossiyaning qancha fuqarosi ushbu ro‘yxatga kiitilganiga aniqlik kiritmagan. 
 
O‘tgan hafta Urugvay politsiyasi hujjatlarni qalbakilashtirishda aloqasi bor, deb gumonlanayotgan mamlakat prezidenti Luisa Lakale Pouni qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Alexandro Astesianoni hibsga olgan edi. Tergov idorasi uni Urugvay fuqaroligini olishni istaganlarning tug‘ilganlik bo‘yicha guvohnomasini qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ishtirokchisi, deb hisoblamoqda. El País ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilarning mijozlari orasida Rossiya fuqarolari ham bo‘lgan.