French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urug‘liklar sifatini baholash uchun QR-kod tizimi joriy etiladi
11:08 / 2025-07-10

O‘zbekistonda urug‘liklar sifatini baholashning yangi tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali har bir urug‘lik qadoqlari raqamli QR-kodli yorliqlar bilan ta’minlanadi.

-Dehqon va fermer xo‘jaliklari urug‘lik sotib olganlarida urug‘liklar sifatsiz chiqqani isbotlansa, urug‘likni sotgan korxona tomonidan zararni qoplash bo‘yicha majburiyat belgilandi

-Endilikda, urug‘liklar haqidagi barcha ma’lumotlar – nav tavsifnomasi, navdorlik va ekinboplik sifatlari, ishlab chiqaruvchi va urug‘lik haqidagi zaruriy ma’lumotlarni QR-kod orqali (smartfon yordamida) bir zumda ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

O‘zbekistonda yangi tizim doirasida urug‘liklarni sifatini baholash bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilanadi. 

Yangi tizim ikki bosqichli baholashni nazarda tutadi: 

- birinchi bosqichda: urug‘liklarning navdorlik sifatlarini baholash; 

-ikkinchi bosqichda : urug‘liklarning ekinboplik sifatlarini baholash. 

Bunda, urug‘likdan foydalanuvchilar urug‘lik xarid qilish vaqtida raqamli QR-kodli yorlig‘i mavjudligini tekshirib olish orqali sifati kafolatlangan urug‘likka ega bo‘ladi. 

 Endilikda, barcha dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi sub’ektlarning reyestri, urug‘liklarning sifatlarin baholash natijalari reytingi bilan agroxizmat.uz rasmiy veb-sayt orqali tanishib borish imkoniyati yaratiladi. 

Xalqaro tajribaga asoslanib, yangi tizim doirasida ISTA va OECD qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar moslashtiriladi. 

Natijada, yangi tizim joriy etilishi bilan eksportbop, yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.