Poytaxtimizda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan “Paxta qabul qilish maskanlarida urug‘lik paxtani qabul qilish, sifatini aniqlash, to‘dalarga jamlash va saqlash” mavzuidagi onlayn o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda har bir hududdan mutaxassislar jalb etilib, jami 212 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular urug‘lik paxtani qabul qilish tartibi, namunalardan foydalanib sifatini aniqlash, to‘dalarga ajratish hamda saqlash jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Seminar davomida paxta qabul qilish maskanlari xodimlariga sifat nazorati qoidalari, ilg‘or tajribalar va zamonaviy uslublar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu ta’lim jarayoni sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, kelgusi yillarda paxtachilikda yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

O‘quv-seminar yakuni bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat berildi. Sertifikatga ega xodimlar dislokatsiya bo‘yicha urug‘lik qabul qiluvchi paxta punktlariga biriktirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA