Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urug‘chilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
16:27 / 2025-07-07

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi v.b. Ikrom Sayfullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Safar davomida Xitoydagi eng nufuzli muassasalardan biri "Chongqing Sericulture Science and Technology Research" instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur institut Xitoyda tut va ipak qurti sohasidagi eng yirik ilmiy markazlardan biri bo‘lib, urug‘chilikda genetik resurslarni saqlash, ilmiy tadqiqotlar, seleksiya, texnologiya yangiliklari va kadrlar tayyorlash borasida katta tajribaga ega. 

Institut 200 dan ortiq navdagi ipak qurti va 300 dan ortiq tut navlarini saqlaydi hamda har yili yuz minglab yuqori sifatli urug‘ ishlab chiqaradi. Shuningdek, u yerda zamonaviy uskunalar va innovatsion uslublardan foydalangan holda urug‘ yetishtirish jarayonlari avtomatlashtirilgan.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan 2026 yil mavsumi uchun O‘zbekiston iqlimiga mos, kasalliklarga chidamli, yuqori hosildor ipak qurti urug‘larini yetishtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda mazkur institut tajribasidan kelib chiqib seleksiya ishlari va texnologik yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA