French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urug‘chilik sohasida hamkorlik
14:29 / 2025-10-28

Shu kunlarda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida o‘tkazilayotgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar urug‘chilik sohasida ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, markaz vakillari “Jinghua Seeds” urug‘chilik kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonada yaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi, urug‘larga ishlov berish bosqichlari hamda sifat nazorati tizimi bilan tanishdi. Ushbu korxonada ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy uyg‘unligi, yuqori samarali texnologiyalar qo‘llanilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va “Jinghua Seeds” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.  

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur hujjat kelgusida ikki tomonlama tajriba almashinuvi, kadrlar salohiyatini oshirish hamda innovatsion urug‘chilik texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish yo‘nalishidagi ishlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA