Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ursula fon der Lyayen: gaz masalasida eng yomon holatga ham tayyor turishimiz shart
15:02 / 2022-08-01

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berish bilan bog‘liq eng yomon vaziyatga tayyor bo‘lish kerakligi haqida bayonot berdi.

Ushbu axborot Ispaniyaning “El Mundo” gazetasida chop etilgan.

- Biz birga bo‘lishimiz kerak. Rossiya YeIga a’zo 12 davlatga gaz yetkazib berishni qisman bekor qilish yoki to‘liq to‘xtatishini hisobga olsak, barchamizni eng og‘ir holat kutayotganini anglash mumkin, degan mulozim.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, YeIning ba’zi davlatlari “yo geografik joylashuvi yoki suveren energetika qarori tufayli” Rossiya gaziga ko‘proq bog‘liq. 

- Mazkur mamlakatlar endi zaif holatga tushib qoldi. Bu davlatlarning har biridagi ta’minot muammosi butun Yevropa uchun zarba. Iqtisodiyot yagona bozor orqali bir-biriga chambarchas bog‘langan, - dedi YeK rahbari. - Biz AQSHdan suyultirilgan gaz olish bo‘yicha rekord darajaga erishdik. Norvegiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Jazoir va Kaspiy dengizi mintaqasidan kelayotgan gaz hajmini oshirdik.