English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutlik tadbirkor nukuslik tadbirkorga ish o‘rgatmoqda
13:41 / 2022-04-22

Davlat rahbari tashabbusiga ko‘ra Samarqand viloyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yordam berish biriktirilgan.

Shu asosida tumanni 2022-2024 yillarda tumanni rivojlantirish, obod qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijrosi ta’minlanmoqda.  

Jumladan, samarqandlik tadbirkorlar Nukusda mahalliy ishbilarmonlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Hududda bog‘dorchilik, baliqchilik, parrandachilik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalar uchun daromad topish manbalari yaratilmoqda.  

 “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida “Urgutini” va “USS” brendi ostida erkaklar ko‘ylaklari ishlab chiqarayotgan  “Urgut sanoat servis” korxonasi rahbari, yosh tadbirkor Majidxon Islomov ham nukuslik yoshlarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishbilarmonlik ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.  

 – Bir necha bor ushbu tumanga borib, yoshlar bilan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan kishilar bilan uchrashib, o‘z tajribalarim haqida gapirib berdim, – deydi Majidxon Islomov. – Ishni qanday boshlaganim, faoliyatimni kengaytirib, hozirda qanday natijalarga erishayotganim, umuman, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini tushuntirdim. Hududda mavjud imkoniyatlarni, bozorni o‘rgandik. Erkaklar ko‘ylaklari ishlab chiqarib, Qoraqalpog‘istonning o‘zida sotuvi yo‘lga qo‘yilganda ham yaxshi daromad olish mumkinligini hisob-kitob qildik. Keyin, shu sohaga qiziqqan bir nechta tadbirkorlarni korxonamizga olib kelib, ish jarayonlari bilan tanishtirdik. Ana endi ularda bu ish bo‘yicha ma’lum tushuncha va ko‘nikma hosil bo‘ldi. 

 Majidxondan tadbirkorlikni o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlardan biri Yelmurat Narbayev. U korxona faoliyati bilan tanishgach, hozrida turkiyalik va mahalliy mutaxassislardan ish o‘rganmoqda. 

 – Ishni boshlab olish uchun juda katta mablag‘ talab qilinmas emas, kredit olib tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishim mumkinligini aytishdi, – deydi Yelmurat Narbayev. – Majidxon ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq o‘rgatishini bildirdi. O‘zim ham qiziqib qoldim. Nukusda ko‘ylak ishlab chiqaradigan sex ochaman, albatta. 

 Nukuslik tadbirkorlar va shu sohaga qiziqqanlarning yana bir guruhi yaqinda Urgut tumanida bo‘lib, bu yerdagi ishbilarmonlar faoliyati bilan tanishib, tajriba o‘rgandi.

 G‘.HASANOV, O‘zA