English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutdagi mahallalar infratuzilmasiga kelasi yil 260 milliard so‘m ajratilishi e’lon qilindi
17:58 / 2025-11-25

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Misol uchun, Urgutdagi Tinchlik mahallasi hududidan logistika markazi qurish uchun 5 gektar joy ajratilib, 5 milliard so‘mlik infratuzilma qilib berilsa, 100 ga yaqin do‘kon, oshxona va servis ob’ektlari quraman, degan urgutliklar ko‘p.

Tuman markazidagi 1,5 kilometrli "Navoiyshoh" ko‘chasini tunu-kun ishlaydigan maskanga aylantirish orqali 60 ta savdo-servis ob’ekti tashkil qilib, 500 nafar odamni ishli qilish mumkin.

Shuningdek, tumanning 8 ta mahallasi infratuzilmasini yaxshilashga Islom taraqqiyot bankidan 10 million dollar jalb qilinmoqda. Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegaradosh 15 ta mahallada mehmon uyi va dam olish maskani qurishga 10 milliard so‘m resurs yo‘naltirilmoqda.

Umuman, 2026 yilda viloyatdagi mahallalarda savdo va servis hisobidan 40 ming ish o‘rni yaratish muhimligi qayd etildi.

O‘zA