Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutda Prezidentdan soʻralgan kutubxona ochildi
19:15 / 2019-05-01

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Urgut tumani vakillari hududda zamonaviy kutubxona tashkil etish taklifini qoʻllab-quvvatlab, amaliy yordam koʻrsatilishini taʼkidlagan edi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Urgut tumani vakillari hududda zamonaviy kutubxona tashkil etish taklifini qoʻllab-quvvatlab, amaliy yordam koʻrsatilishini taʼkidlagan edi.

Shundan soʻng Urgut tumani markazidagi istirohat bogʻida kutubxona qurilishi boshlanib ketdi. Bir yil davomida bu yerda 3 milliard 600 million soʻm mablagʻ sarflanib, ikki qavatli, barcha qulayliklarga ega axborot -resurs markazi binosi qad rostladi. Binoda 20 ga yaqin mutolaa zali, 4 ta muhokama va kompyuter xonalari mavjud. Kutubxona 2000 dan ortiq badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bilan taʼminlandi. Shuningdek, maʼrifat maskanida 50 ta zamonaviy kompyuter, tezkor WI-FI tarmogʻi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2000 ta adabiyotning elektron nusxasi shakllantirilgan.

Axborot-resurs markazining ochilishi katta tantanaga aylanib ketdi. Viloyat va tuman hokimligi rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar va oʻquvchi-yoshlar qatnashgan tadbirda yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasini keng targʻib etish borasida olib borilayotgan ishlar eʼtirof etildi.

4.jpg

– Prezidentimizning alohida eʼtiborlari bilan bunyod etilgan ushbu ziyo maskani tumanimiz aholisining eng sevimli goʻshalaridan biriga aylanishi shubhasiz, – deydi Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xudoyberdi Komilov. – Sababi, Urgutda kitobsevarlar, ijodga oshno yoshlar koʻp. Ular endi bu yerga kelib, kitobxonlik boʻyicha bahs-munozaralar oʻtkazishlari, ijodkorlar bilan adabiy uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin.

Qayd etish lozim, yaqinda Prezidentimiz ilgari surgan besh tashabbusni Urgut tumanida amalga oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi.

12-faqat saytga..jpg

13.jpg