Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutda kelasi yil kambag‘allik va ishsizlik ikki foizdan tushiriladi
17:43 / 2025-11-25

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari Urgut misolida imkoniyatlarni tahlil qilib, vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalar qo‘ydi.

Urgutda barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, kelasi yil kambag‘allik va ishsizlikni 2 foizdan tushirishi kerakligi ta’kidlandi.

Urgutda 1,5 mingta sanoat korxonasi bo‘lsada, ayrimlari faoliyat ko‘rsatmayapti, ishlayotganlari ham mavjud quvvatidan to‘liq foydalanmayapti.

Mutasaddilarga "Urgut" iqtisodiy zonasiga kiruvchi 14 ta tuman hokimi bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini 20-30 foizga qisqartirish topshirildi.

Masalan, yangi temir yo‘l liniyasi hisobiga Urgut va Toyloqdagi 1 ming 200 ta sanoat korxonasining tashish xarajatlari arzonlashib, tannarx 6-8 foizga qisqaradi.

Agar temir yo‘l bo‘ylab 3 ta zamonaviy logistika markazi qurilsa, Urgut, Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur va Samarqand tumanidagi 2 mingga yaqin sanoat korxonalarining tashish xarajatlari yana 10-15 foizga arzonlashishi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA