Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutda eksport hajmi ortmoqda
11:49 / 2022-07-22

Fotoreportaj

Urgut erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasida ishlab chiqarilayotgan erkaklar kiyimlarining 70 foizi xorijga eksport qilinmoqda. Mahsulotlarning xorijlik xaridorlari asosan qo‘shni davlatlar hisoblanadi.

[gallery-8000]

Korxona rahbari Majidxon Islomovning ta’kidlashicha, korxonada mehnat qilayotgan 70 nafarga yaqin ishchi-xodimning 30 foizini ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlar tashkil qiladi. Mahsulot sifatini oshirish, zamon talablariga mos dizayndagi mahsulotlarni ko‘paytirish maqsadida xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik uzviy davom ettirilmoqda. E’tiborlisi, korxona rahbari Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida “Urgutini Akmangit Textile” korxonasini tashkil etib, mahalliy xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratdi.

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA