30 iyun yoshlar kuni munosabati bilan butun Respublikada «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida turli xil musobaqalar, madaniy tadbirlar va festivallar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan Urgut tumanida ham anashunday tadbirlarning biri bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan 30 iyun «Yoshlar kuniga» bag‘ishlangan tadbirlar «Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam» marafoni bilan boshlandi. Yuzlab yoshlar, qolaversa, katta yoshdagilarni ham qiziqtirgan ushbu marafonga tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va oliy ta’lim muassasi rahbariyati bosh-qosh bo‘lishdi.
Mazkur tadbir jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ertamiz egalari salomatligini mustahkamlash hamda o‘zaro hamjihatligi yo‘lida muhim ahamiyatga egadir. Aytish mumkinki, mazkur festival yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishga qaratilgan, rahbar va yoshlar uchrashuvi, uch avlod uchrashuvi, intellektual o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari kabi qator e’tiborga molik loyihalari bilan ko‘pchilikni o‘ziga qaratdi. Tadbir davomida yoshlar o‘z salohiyatini namoyon etgan holda o‘zaro kuch sinashdilar.
Festivalning konsert dasturini Urgut tumani hokimi Botir Jabborov ochib berib, mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati va kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtaldi. «Yoshlar oyligi» doirasida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostidagi» tashkil etilgan loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlandilar! Tadbir davomida estrada yulduzlari bilan birga tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan turli ko‘rinishdagi chiqishlar, kuy qo‘shiqlar kuylanib yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/eo2Xw_1I1go" title="Urgut tumanida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida festival oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, O‘zA