English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgut tumanida bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi
20:12 / 2022-08-31

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan, Urgut tumanida bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi

Jumladan, investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan Quyi tegana, O‘rta guzar mahallalarida joylashgan 81 va 30 umumta’lim maktablari hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan 800 mln so‘m evaziga qurib bitkazilgan Mang‘itobod mahallasidagi «Bobur Oilaviy» shifokorlik punkti va tez tibbiy yordam shoxobchasi foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, O‘roqboyjar mahallasida «Obod qishloq» dasturi doirasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi ham shu kunda foydalanish uchun ochib berildi.

Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda, tuman hokimi B.Jabborov, mahalla fuqarolari, ota-onalar, maktab o‘quvchilari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar yangi binolarning xonalarini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Foydalanishga topshirilgan ob’ektlar mahalla ahliga ancha qulayliklar yaratib, fuqarolarimiz uchun farovon turmush tarzini qaror toptirishda eng katta ko‘makchi bo‘ladi.

O‘zA