Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgut tumani yiliga 40 million dollarlik sanoat mahsulotlarini eksport qilmoqda
17:52 / 2025-11-25

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tumanda yiliga 350 million dollarlik sanoat mahsuloti chiqishi hisobga olinsa, bu juda kam ekani qayd etildi.

Suriya, Iroq va Afg‘onistonning o‘zida 30 milliard dollarlik elektrotexnika, tekstil, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga ehtiyoj bor.

Lekin, bu bozorlarga jadal kirib borish bo‘yicha na tarmoq rahbarlari, na hokimlar haligacha tayinli natija ko‘rsatmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, yil yakunigacha Afg‘onistonni Mozori-Sharif shahrida Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi va kamida 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi

Keyingi yildan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlaydi. Iroqning eng yirik 100 ta tadbirkorlarini Samarqandga taklif qilib, "O‘zbekiston-Iroq" biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, kelasi yili viloyatda 70 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va sanoatda 25 ming ish o‘rni yaratish reja qilindi.

O‘zA