Urgut tumani hokimiga innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi
Urgut tumani hokimining tegishli farmoyishi bilan Qodirov Olmos Norqulovich tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
1985 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan O.Qodirov mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida innovatsion hududga aylantirilayotgan 28 tuman va shaharda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy qilish belgilangandi.
Jumladan, Samarqand viloyatida Urgut va Nurobod tumanlari innovatsion hududga aylantirilmoqda.
G‘.HASANOV, O‘zA