Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining ayrim hududlari davlat zaxirasiga qaytariladi
11:33 / 2023-11-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Urgut" erkin iqtisodiy zonasining ayrim hududlarini maqbullashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Samarqand viloyatida tashkil etilgan "Urgut" erkin iqtisodiy zonasining 125,3 gektar hududida zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’ektlarini qurish ko‘p miqdorda mablag‘ talab etishi, hududga investitsiya loyihalarini joylashtirish natijadorligi pastligi hamda ayrim yer maydonlarida ko‘p yillik mevali daraxtlarning mavjudligi, shuningdek, 177,12 gektar yer maydoni yuqori kuchlanishli elektr energiyasi va yuqori bosimli tabiiy gaz tarmoqlarining muhofaza hududlari tarkibiga kirishi inobatga olinib, jami 302,42 gektar yer maydonlari "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarilib, davlat zaxirasiga qaytariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi: 

"Urgut" erkin iqtisodiy zonasining Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Islom Shoir", Samarqand tumanidagi "Qorasuv", Pastdarg‘om tumanidagi "Do‘stlik", Payariq tumanidagi "Choshtepa", Urgut tumanidagi "Sariqtepa", Pastdarg‘om tumanidagi "Do‘stlik-1", Nurobod tumanidagi "Sazag‘on", Samarqand shahridagi "Hishrav-2", Jomboy tumanidagi "Nazar", Ishtixon tumanidagi "Ko‘tarma", Narpay tumanidagi "Tepa" massivida joylashgan yer maydonlarini maqbullashtirish; 

maqbullashtirilgan yer maydonlarini "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarish.

Samarqand viloyati hokimligi Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqariladigan yer maydonlarini belgilangan tartibda tegishli tuman hokimliklari zaxirasiga qaytaradi va keyinchalik ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi.

 

O‘zA