Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchdagi tantanalar barchani Navro‘z sayliga chorladi
13:25 / 2024-03-21

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida “Olamga nur to‘lsin, sen bilan Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-16535]

Milliy an’ana va qadriyatlarimiz mujassam bo‘lgan xalq saylida shaharliklar hamda uzoq-yaqindan mehmonlar ishtirok etdi. Viloyat tuman va shaharlaridagi hunarmand tadbirkorlar, turli tashkilot va muassasalar tomonidan bayram dasturxoni bahoriy milliy taomlar bilan bezatildi. Folklor-etnografik guruhlar bahorni va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari va chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Karnay-surnay navolari, sahna ko‘rinishlari va san’atkorlar chiqishi barchani saylga chorladi. Mehnat faxriylariga alohida izzat-ikrom ko‘rsatilib, sovg‘alar ulashildi.  

Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, xalq o‘yinlari, sport musobaqalarida faol ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA