Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchdagi markazda kursantlar uchun yangi oshxona foydalanishga topshirildi
14:31 / 2019-12-18

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriev, harbiy xizmatchilar, markaz o‘qituvchilari va kursantlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.


Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida 100 nafar kursantga mo‘ljallangan va qayta ta’mirdan chiqqan zamonaviy oshxona binosining tantanali foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriev, harbiy xizmatchilar, markaz o‘qituvchilari va kursantlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

– Hali biz, harbiy-ma’muriy sektor sifatida juda ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Bu borada jangovar-taktik mashg‘ulotlarni o‘tadigan joylarimiz, tumanlarimizda mudofaa ishlari bo‘limlari va boshqa ob’ektlarda ko‘p ishlar amalga oshirildi, lekin qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor va ularni davom ettiramiz, – dedi viloyat hokimi F.Ermanov.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni D.Choriev markazda yangidan barpo etilgan shinam, ko‘rkam oshxona binosi ham yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga hamohang bo‘lganini ta’kidladi. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha faqat birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab kelganini alohida e’tirof etdi hamda oshxona qurilishida mehnat qilgan fidoyi quruvchilarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan shu yilning mart oyidan Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi faoliyatini boshladi. 

–Shu yil birinchi bosqichda aprel-avgust oylarida “V” va “S” toifadagi haydovchi, radiotelefonist va telefonist mutaxassislari tayyorlandi. Oktabr oyidan boshlab ushbu uchta yo‘nalishga yana dizelchi-elektrik mutaxassisligi ham qo‘shildi va ayni vaqtda ta’lim jarayoni davom etmoqda. Markazimizda tahsil olish, yashash va ovqatlanish uchun mablag‘lar to‘laligicha davlat hisobidan qoplanadi, – dedi markaz boshlig‘i podpolkovnik Abdurashid Mirbozorov.

Darvoqe, markazda bo‘lajak askarlarning ilm-fan o‘rganishi, jismonan va ma’nan toblanishi, tanlagan mutaxassislikni egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Tadbir so‘ngida harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kursantlarning ota-onalari bilan muloqot qildi.