French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda zamonaviy tikuvchilik korxonasi faoliyat boshladi
12:06 / 2026-02-28

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahrida “LUX FABRIC” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi. Yangi zamonaviy tikuvchilik korxonasi  sport kiyimlari, kundalik liboslar, ish kiyimlari hamda boshqa turdagi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy tikuv uskunalaridan foydalanilib, mahsulot sifati va dizayniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi korxona qisqa muddat ichida o‘z yo‘nalishida rivojlanishni maqsad qilgan.

Hozirgi kunda korxonada 250 nafar xodim ish bilan ta’minlangan. Bu esa hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-27912]

“LUX FABRIC” MCHJ buyurtmalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga intilmoqda hamda mahalliy va respublika bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashni rejalashtirgan. Korxona kelgusida ishlab chiqarish hajmini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali faoliyatini yanada rivojlantirishni ko‘zlamoqda.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA