Xorazm viloyati poytaxtida ko‘chalar archa va chiroqlar bilan bezatilgan. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan bayram archalari atrofida esa bayramona kayfiyat hukmron. Hamma shodu xursand.
Chunki, bu yilgi yangi yil bayramiga har qachongidan ko‘ra jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ta’kidlash joiz, bu yil Xorazm viloyatining barcha hududlaridagi ko‘cha va xiyobonlar, binolarning fasad qismi bayramona bezatilib, shahar va tumanlar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Ayniqsa, tungi Urganchning xuddi ertaklardagidek jozibasi xalqimizning bayram kayfiyatini ko‘tarib, har bir inson qalbiga Yangi yil ruhiyatini olib kirmoqda.

Shaharda hozirdanoq jamoat xavfsizligini ta’minlash, transport qatnovi, uzluksiz energiya va issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shaharning turli burchaklariga o‘rnatilgan yangi yil archalari atrofida o‘nlab Qorbobo va Qorqizlar, teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, ertak qahramonlari, ko‘ngilochar dasturlar nafaqat bolajonlarga, balki barcha aholi vakillariga shodon kayfiyat ulashmoqda.
Kunu tun ushbu tomoshalar davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/D6RayHioTVE?si=FXyjCX0DFkCTtEXs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video),
O‘zA muxbirlari