Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda yangi tibbiyot instituti tashkil etilyapti
08:55 / 2025-10-09

Aniqrog‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali endi mustaqil oliygohga aylandi. U Urganch davlat tibbiyot instituti deb qayta nomlandi.

Hukumatning bu haqda “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.   

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin. Bu ta’lim dargohi oldin ham faoliyat olib borgan bo‘lsa, nomni o‘zgartirishdan nima foyda?   

Asosiy foyda institutning mustaqil bo‘lganida. Endi bu muassasa o‘z yo‘nalishini o‘zi belgilaydi, yangi fakultetlar ochadi, ilmiy ishlarini mustaqil olib boradi.   

Umumiy gapirmaymiz, bu borada Vazirlar Mahkamasi qarorida nima deyilganiga e’tibor qilamiz. Hujjatda institutning asosiy vazifalari qayd etilgan.   

U uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga e’tibor qaratadi. Ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtiradi. Shuningdek, tibbiyot ta’limi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirishga alohida urg‘u beradi.   

Yana bir muhim jihati, 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.   

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA