Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda yangi madaniyat uyi ochildi
17:19 / 2019-03-18

Xorazm viloyati Urganch shahrida “Art Gallery” madaniyat uyi binosi foydalanishga topshirildi.


Xorazm viloyati Urganch shahrida “Art Gallery” madaniyat uyi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda rassomlar, amaliy sanʼat namoyondalari, madaniyatshunos olimlar va turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Hududning turizm salohiyatini oshirish, sayyohlar vaqtini mazmunli oʻtkazish va mahalliy ijodkorlar tomonidan yaratilayotgan amaliy sanʼat namunalari bilan keng ommani tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur markaz kelgusida turizm sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

“Art Gallery” madaniyat uyining tashkil etilishi, viloyatga tashrif buyurgan sayyohlarga mahalliy ijodkorlar tomonidan yaratilgan 500 ga yaqin tasviriy va amaliy sanʼat namunalarini tomosha qilish va sotib olish imkoniyatini beradi.

Endilikda hududdagi ijodkorlar bu yerda oʻzlarining shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazishi mumkin. Shuningdek, yosh ijodkorlar uchun haftada bir marotaba majmuada bepul mahorat darslari tashkil etiladi.