Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda yana ikkita ilm markazi foydalanishga topshirildi
16:36 / 2025-05-21

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Axborot-resurs markazining yangi binosi hamda Pekin-Urganch matematika markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, taniqli olimlar, talabalar, xorijiy mehmonlar hamda hududiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Marosimda  so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev, Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Saloyev, Pekin xalqaro matematika tadqiqot markazi professori Gang Tian, Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov va boshqalar mazkur ilm maskanlarining foydalanishga topshirilishi bilan barchani samimiy qutladi. 

–  Bu kabi islohotlar yurtimizda ta’limga bo‘lgan yuksak e’tibor natijasi ekanini ta’kidlab, kelgusida mazkur bino yoshlarning yanada chuqurroq bilim olishi uchun zamin yaratadi, – deydi Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev.– Ikkala markaz ham viloyatda ilm-fanning yanada ravnaq topishida xizmat qiladi. Urganch davlat universitetining zamonaviy axborot-resurs markazi ilmiy tadqiqotlarga zamin yaratadigan muhit va yoshlarni intellektual rivojlantirishga xizmat qiladigan ilmiy-ma’rifiy markazdir.

Bino bir vaqtning o‘zida 1000 nafar foydalanuvchiga xizmat qiladi. Kutubxonada Pekin-Urganch matematika markazi, 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali hamda universitet tarixi va ilmiy merosini aks ettiruvchi muzey, har bir qavatda ikkitadan 100 o‘rinli buyuk qomusiy olimlarimizning nomi bilan atalgan o‘quv zallari va boshqa zamonaviy imkoniyatlar mavjud.

[gallery-23485]

Markaz nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar, izlanuvchi yoshlar uchun foydali ilmiy maskanga aylanadi.  

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari